Ostonada Suriyadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha uchrashuv fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov.
"Albatta (uchrashuv Ostonada bo‘lib o‘tadi – tah.)", - dedi u jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, "Ostona platformasi amaldagi hisoblanadi".
"Taxminan... biz fevral o‘rtalari haqida gapirmoqdamiz", - dedi vazir.
Avvalroq Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan RF qurolli kuchlari bosh shtati tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Gajimagomedov Rossiya, Eron va Turkiyaning Suriya bo‘yicha qo‘shma tezkor guruhining navbatdagi uchrashuvi 15-16 fevral kunlariga rejalashtirilgani haqida xabar bergandi.