18:59 / 07.02.2017
62231

Tramp Putin haqida yozdi

Foto: Globallookpress.com

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, Rossiyada biznes yuritmaydi va bu davlat rahbari Vladimir Putin bilan shaxsan tanish emas. U bugun shu haqda o‘z tvitterida bayon qilgan.

«Men Putinni bilmayman, Rossiyada biznesim yo‘q, dushmanlarim aqldan ozmoqda, masalan Obama Eron bilan, dunyodagi birinchi raqamli davlat bilan kelishgan, va ular bunda muammo ko‘rishmaydi!» — deya yozgan Tramp.

4 fevral kuni Fox News telekanali boshlovchisi Bill O'Reyliga bergan intervyusida Tramp rossiyaliklar prezidentini hurmat qilishi haqida aytgandi. Jurnalist esa o‘z navbatida G‘arb davlatlari tomonidan bu siyosatchi va rasmiy Moskva bir qator ayblovlar bilan ayblanishini eslatgan hamda Putinni qotil deb atagandi.

«Qotillar ko‘p. Bizda ham qotillar bisyor. Sizningcha bizning davlat hech narsada aybdor emasmi?», — deya jurnalistning so‘zini kesgandi amerikaliklar rahbari.

Kreml esa FoxNews telekanalini Putin haqidagi xunuk so‘zlar uchun uzr so‘rashga chaqirdi.

Top