13:40 / 07.02.2017
10040

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tizimida 27,8 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining majlislar zalida Kengaytirilgan boshqaruv majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda xolding kompaniya raisi o‘rinbosarlari, xolding kompaniya va aksiyadorlik jamiyatlari boshqarma boshliqlari, hududiy filiallar, paxta tozalash, yog‘-moy korxonalari, paxta terminallari, ozuqa-yem ta'minoti korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Majlisda xolding kompaniya raisi A.Kamalov ma'ruza qilib, 2016 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi va joriy yilda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlarini so‘zsiz bajarilishini ta'minlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

2016 yilda tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7 foizga o‘sgan. Xalq iste'mol mollari hajmi esa 113,0 foizga ko‘paygan. Mahsulotlarni eksport qilish hajmi shu davr prognoziga nisbatan 102,0 foizni tashkil etgan.

Respublika Investitsiya dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari dasturi”ga asosan tizimda 32 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 27,8 mln.dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Shuningdek, 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga asosan “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda 5 ta mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 23,1 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida ishlab chiqarish tannarxini 10 foizga kamaytirilishi ta'minlandi. Ish o‘rinlarini tashkil qilish va aholi bandligini ta'minlash Dasturi doirasida 3400 ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'ruzalarida ta'kidlangan tarmoqlarni modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, paxta xom ashyosini qayta ishlash sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, paxta ekin maydonlari optimmallashtirilishini inobatga olgan holda xomashyo bazasini kengaytirish uchun noan'anaviy moyli o‘simliklarni yetishtirish, bo‘sh turgan bino, inshootlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari alohida muhokama qilindi hamda amaliy choralar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid
Top