19:06 / 08.02.2017
12953

AQSh noimmigratsion vizalariga murojaat qilish tartibida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining noimmigratsiya vizalariga murojaat qilish tartibida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Facebook sahifasida. Unga ko‘ra, 2017 yil 8 fevral sanasidan e'tiboran “Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida noimmigratsion vizalarga murojaat etish jarayonlarida o‘zgarishlar ro‘y bergan. 

Sahifada joylashtirilgan e'londa shunday deyiladi:

““Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida noimmigratsion vizalarga murojaat etish jarayonlarida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugundan e'tiboran, “Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida vizaga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz, siz www.consulartashkent@state.gov manziliga elektron pochta orqali xat yozishingiz kerak. 

Xatingizda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart:
• Murojaat etuvchining to‘liq ism-familiyasi;
• Murojaat etuvchining pasport raqami va anketasining tasdiqlov raqami;
• So‘nggi AQSh vizasining amal qilish muddati tugagan sana”.

Top