18:32 / 08.02.2017
6472

Fruit Logistica-2017: O‘zbekiston xalqaro meva va sabzavotlar yarmarkasida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 8 fevral kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida 25-Fruit Logistica-2017 xalqaro meva va sabzavotlarni yetkazib berish hamda savdo yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda «O‘zagroeksport» matbuot xizmati xabar berdi.

Yarmarka ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo qiluvchilar, sabzavot va mevalar import  va eksportchilari, shuningdek, qadoqlash hamda transport kompaniyalariga mo‘ljallangan. Joriy yildagi tadbirda jahonning 86 davlatidan kelgan 3000 mingdan ortiq eksponent ishtirok etmoqda. 

Fruit Logistica-2017 xalqaro yarmarkasida O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi «O‘zagroeksport» kompaniya va boshqa mahalliy qayta ishlovchi, tashqi savdo korxonalari bilan taqdim etiladi. Stendda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti, konservalangan mahsulotlar, sharbatlar, quritilgan ziravor va sabzavotlar, quruq mevalar, shuningdek, sharq shirinliklari namoyish etiladi.

Fruit Logistica-2017 xalqaro yarmarkasi 10 fevralga qadar davom etadi

Top