Qatar moliya vazirligi Ali Sharif al-Imadiy mamlakatining futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun sarflayotgan mablag‘lar haqida ma'lumot berdi.
«Biz har hafta bosh loyihalar uchun 500 mln dollar sarflamoqdamiz. Keyingi 3-4 yil shunday davom etadi. Faqat shunday yo‘l bilan jahon chempionatini o‘tkazishdan iborat bo‘lgan maqsadimizga erisha olamiz», deb aytgan al-Imadiy.
Avvalroq Qatar jahon chempionatini tashkillashtirish uchun umumiy hisobda 200 mlrd dollar sarflashi ma'lum qilingandi. Qatardagi chempionat 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tadi.