13:11 / 08.02.2017
7047

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Turkiyaga kelmoqda

Foto: Anadolu

AQSh markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo Turkiyaga payshanba, 9 fevral kuni tashrif buyuradi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, Pompeo Turkiya hukumati vakillari bilan kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, PYD va FeTO mavzularini muhokama qiladi.

Ma'lumot uchun, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens markaziy razvedka boshqarmasi yangi direktori Mayk Pompeoni 24 yanvar kuni qasamyod qildirgan edi.

Top