10:27 / 08.02.2017
8692

Melanya Tramp o‘ziga tuhmat qilgan bloger bilan kelishuvga erishdi

Foto: AP

AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp sudgacha bo‘lgan tartibda Merilend shtatilik bloger Uebster Tarpli bilan yuzaga kelgan mojaroni hal qildi. Ish Tramp xonimning sha'ni va qadr-qimmatini oyoqosti qilish bilan bog‘liq edi, deyiladi uning Beverli-Xillz (Kaliforniya shtat)dagi Harder, Mirell & Abrams agentliklaridan bo‘lgan advokatlari xabarida.

Amerika prezidenti rafiqasi “Uzr so‘rashga va Tramp oilasiga tovon puli to‘lashga rozilik bergan Tarpli bilan kelishuvga erishdi”, deyiladi bayonotda. “2016 yilning 2 avgust kuni men Melanya Tramp haqida maqola chop etdim. U yolg‘on ma'lumotlarga ega bo‘lgan”, - deya 71 yoshli blogerning so‘zlaridan iqtibos keltirgan himoyachilar. Uning tan olishicha, “bu yolg‘on ma'lumotlar” davlat rahbari oila a'zolariga ziyon keltirdi hamda ulardan “chin dildan uzr so‘radi”. Shu bilan bir qatorda, bloger qancha mablag‘ni tovon puli sifatida to‘lab berishiga oydinlik kiritilmagan.

Tarpli o‘tgan yilning yozida Trampning rafiqasi eksort-xizmat bilan shug‘ullanishi, siyosatchining o‘zida esa Respublikachilar partiyasining Milliy qurultoyidan so‘ng jiddiy asab buzilishi yuz berganini aytgan. Sentyabr boshida birinchi xonimning himoyachisi Charlz Xarder uni sudga berdi. 

Shuningdek, Xarder Britaniyaning xuddi shunga o‘xshash ma'lumotlarni taqdim etgan Daily Mail gazetasini ham sudga bergan. Nashr maqolani darhol olib tashladi, biroq uzr so‘rashdan bosh tortdi. Birinchi xonim nashrdan yetkazilgan ma'naviy zarar sifatida kamida 150 million AQSh dollarini talab qilmoqda.

Maqolada asli Sloveniyadan bo‘lgan Melanya Nyu-Yorkda fohishalik bilan shug‘ullangani va aynan shu shaharda Tramp bilan 1995 yilda uchrashgani aytilgan. Britaniya nashri ma'lumotlarning aksariyatini Sloveniya matbuotidan olganini xabar berdi.

Mavzuga oid
Top