10:15 / 08.02.2017
6684

Shotlandiyada Brexit bo‘lmaydi

foto: AFP

Shotlandiya parlamenti 7 fevralda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni boshlanishiga qarshi ovoz berdi va bu bilan Shotlandiya Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi hudud ekanligini tasdiqladi.  

Ovoz berish hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi, chunki Buyuk Britaniya oliy sudi mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi uchun britan parlamentining tegishli ruxsati yetarliligi, hududiy parlamentlar roziligi kerakmasligi haqida qaror chiqargan.

Biroq shunga qaramay, Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjyen oliy sud instansiyasining qaroridan norozilik bildirgan va shotland parlamenti Brexit boshlanishi masalasini baribir ko‘rib chiqishini aytgan.

1 fevralda Britaniya parlamenti quyi palatasi ikkinchi o‘qishda Brexit boshlanishi qonun loyihasini ma'qullagan. Palatada Brexit bo‘yicha yakuniy ovoz berish 8 fevralda o‘tadi, shundan keyin qonun loyihasi lordlar palatasiga ko‘rilgani jo‘natiladi, u esa bu masala bo‘yicha qarorini parlament ta'tillaridan keyin chiqaradi. 

Mavzuga oid
Top