18:16 / 08.02.2017
73643

Toshkentdagi yirik qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi

8 fevral kuni Toshkent shahrining Jomiy ko‘chasida joylashgan qurilish mollari bozorida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bozordagi do‘konlardan birida chiqqan yong‘in boshqa savdo do‘konlariga ham tarqagan. Taxminan 5 yoki 6ta do‘kon yonib ketgani aytilmoqda. 

Hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chirish xizmati yetib kelgan. Yong‘in butunlay bartaraf etilgani aytilgan. 

Hozircha yong‘in kelib chiqishiga aynan nima sabab bo‘lgani va hodisa oqibatida jarohatlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in do‘konlardan biridagi elektr tarmog‘i orqali chiqqan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Toshkent shahridagi «Manas» restoranida ham yong‘in kelib chiqqan edi.

Mavzuga oid
Top