08:18 / 08.02.2017
8329

Tojikistonda o‘quv yilini 1 avgustdan boshlash taklif qilinmoqda

Foto: Asia-Plus, arxivnoye foto

Tojikiston xalq ta'limi vazirligi Akademiyasi qoshidagi ta'limni rivojlantirish instituti maktab o‘quvchilari uchun o‘quv yili boshini 1 sentabrdan 1 avgustga ko‘chirishni taklif qildi. Bu taklif Tojikiston ta'lim vazirligida o‘rganilmoqda.   

Hozirda Tojikistonda o‘quv yili 1 sentabrdan boshlanadi.  

"Bizning taklif faqat maktablarga taalluqli", deb aytdi taklif tashabbuschilaridan biri, institut direktori Sharifmurod Isrofiliyon. 

Isrofiliyonning aytishicha, bu taklif Tojikiston prezidenti nutqlaridan birida o‘rta maktablar ta'lim jarayoniga o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya qilgandan keyin bildirilgan.  

Ta'lim vazirligida bu taklif qo‘llab-quvvatlanmoqda. Vazirlik xodimlaridan biri Ehson Xushbaxtning aytishicha, dunyoning turli davlatlarida maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq turli sanada chalinadi. "Qaysidir davlatda o‘quv yili 1 avgustdan, boshqasida 1 oktabrdan boshlanadi. Hattoki o‘quv yili 1 yanvardan boshlanadigan davlatlar ham bor", deb aytmoqda Xushbaxt.  

Bu orada ba'zi mutaxassislarning aytishicha, maktab ta'lim jarayoniga kiritilayotgan turli yangiliklar sababli o‘quvchilar bilim darajasi pasaymoqda. Milliy test markazining loyihasi ham o‘quvchilarning bilim darajasi pastligini ko‘rsatgan.  

Top