11:41 / 08.02.2017
20307

Valyutafurushlar g‘avg‘osi: Pastdarg‘omda jinoyatchilar qo‘lga olindi

O‘ktam Sultonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ilgari ham sudlanib, amnistiya aktiga muvofiq tayinlangan jazodan ozod qilingan bo‘lsa-da, bundan tegishli xulosa chiqarmagan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

To‘g‘ri yo‘lga yurish o‘rniga halol mehnat qilmay, qayta jinoyatga qo‘l urdi. Tanishlari Asqar Xudoyorov va Zafar Davronovlar bilan bozor atrofida valyutafurushlik bilan shug‘ullana boshladi.

O‘sha kun ham Pastdarg‘om tumanidagi “Juma dehqon bozori” darvozasi yonida “xaridor” chorlab turishgan edi. O‘ktamning yoniga ikki ayol kelib, 7 ming AQSh dollarini so‘mga almashtirib berishni so‘rashdi. 

AQSh dollarini qo‘liga olgan O‘ktam ularni “xonasi”ga boshladi. 

-  Men o‘zimda borini sanab ko‘ray-chi, - O‘ktam shunday deya yonidagi pullarni sanab ko‘rdi. 24 mln. so‘m puli bor ekan. Telefon orqali tanishlari Zafar va Asqarni yordamga chaqirdi. Ular ham o‘zlarida bor pullar bilan yetib kelishdi. Ayollar pulni sanashga kirishishgan ham ediki, xonaga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kirib kelishdi. Xolislar ishtirokida valyutafurushlardan olingan 23 mln. 911 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

O‘ktam Sultonov, Asqar Xudoyorov va Zafar Davronovga sud hukmi bilan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Top