18:21 / 09.02.2017
6365

Aguero uchun raqobat qilayotgan jamoalardan birining imkoniyati ko‘proq

«Inter» «Manchester Siti» jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

The Times xabariga ko‘ra, manchesterliklar klubi rahbariyati milanliklarga Agueroni 93 million yevro evaziga sotib olish mumkinligini ma'lum qilgan.

«Inter» ushbu 28 yoshli argentinalik futbolchiga 3 oydan buyon qiziqish bildirib keladi. Jamoa unga yiliga 9 million yevro miqdorida maosh tayinlashga tayyor.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, italiyaliklar jamoasining xitoylik yangi investorlari yozgi transferlar uchun 400 million yevro ajratmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, inglizlar jamoasi safiga yanvarda braziliyalik vunderkind Gabriel Jyezus kelganidan so‘ng, Aguero asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu futbolchiga «Real», «Chelsi», «PSJ», «Milan», «Barselona» va «Yuventus» kabi grand jamoalardan qiziqish mavjudligi xabar qilingandi.

Top