11:37 / 09.02.2017
9011

Dunyodagi eng yirik mis koni o‘z ishini to‘xtatmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Dunyodagi eng yirik mis qazib oluvchi kon - Eskondida o‘z ishini to‘xtatmoqda. Bu haqda Reuters Union No.1 konchilar kasaba uyushmasi ittifoqi yetakchisi Patrisio Tapiaga asosan xabar berdi.

Tapianing ma'lum qilishicha, BHP Billiton tog‘-kon kompaniyasi bunday qarorga konchilarning ish tashlashi tufayli kelgan.

Kasaba uyushmasi rahbarining aniqlik kiritishicha, ishlar shaxtaning eng muhim obektlari – birinchi va ikkinchi elektroliz sexlari hamda gidrometallurgiya uskunalarida to‘xtatilmoqda.

Ma'lumot uchun, Eskondida koni Peru shimolidagi Atakama sahrosida joylashgan. 2015 yilda konda dunyodagi barcha misning 6 foizi qazib olingan.

 

Mavzuga oid
Top