10:23 / 09.02.2017
34040

Xorijda “yechilgan” pullar

SVOJJDLKQ departamentining O‘rtachirchiq tuman bo‘limiga kelib tushgan ariza asosida o‘tkazilgan tadbirda aniqlanishicha, er-xotin Mirza va Anora Suyunovlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamda Gulruh O‘rinova valyuta “operatsiyasi” bo‘yicha “biznes” qilishni maqsad qiladilar, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ular yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir nechta banklardan avval o‘zlarining nomiga, so‘ngra yana 11 nafar fuqaroning nomiga “Visa-Elektron” xalqaro to‘lov plastik kartochkalari ochib, har biriga 2 ming AQSh dollaridan pul tushirib olishga erishadilar. Keyin esa bu pullarni turli xorijiy davlatlarda naqdlashtirib, respublikamiz hududiga olib kirib, qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar.

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, bu shaxslar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi va tegishli jazoga tortildi.

Mavzuga oid
Top