20:00 / 09.02.2017
51144

Rossiya HKK samolyoti aviazarbasi oqibatida turkiyalik askarlar halok bo‘ldi

Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari samolyoti bergan aviazarba oqibatida turkiyalik harbiylar halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi ma'lum qildi.

Hurriyet nashri ma'lumotiga ko‘ra, hujum adashuv tufayli ro‘y bergan va uning oqibatida 3 nafar turk askari halok bo‘lib, 11 nafari jarohatlangan.

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti ro‘y bergan hodisa yuzasidan Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid
Top