12:50 / 09.02.2017
21464

Toshkent shahrida avtomobillarni pult orqali ochgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida avtomobillarga pult orqali o‘g‘irlikka tushgan ikki nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Qurilma mashinalar signal berish tizimi signalini qabul qilib olib, shundan so‘ng transport vositasini ochib bergan. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchilar Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi nomi keltirilmagan bozor yonida tashlab ketilgan mashinalarga o‘g‘irlikka tushib, 1 million 400 ming so‘mni o‘marishgan.

Gazetaning yozishicha, jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ularga qanday jazo tayinlangani haqida ma'lumot keltirilmagan.

Top