17:12 / 09.02.2017
5406

Turkiya politsiyasi hujumga tayyorlanayotgan 4 terrorchidan 24ta portlovchi qurilmani musodara qildi

Turkiyaning janubidagi Gaziantep politsiyachilari 9 fevral, payshanba kuni mamlakatda shov-shuvli hujumlar tizimini tuzayotgan 4 nafar IShID terrorchisini qo‘lga oldi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi

Turk politsiyasining terrorchilarga qarshi kurashuvchi bo‘limi ularni topib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. 

Terrorchilar maxsus operatsiya vaqtida tirik holatda qo‘lga olingan. Maxsus o‘rgatilgan itlar portlovchi moddalar va qurol-yarog‘lar yashiringan joyni aniqlashgan.

Gaziantep rasmiylarining ma'lum qilishicha, operatsiya davomida xudkush-terrorchilarga mo‘ljallangan 24 portlovchi modda va metall bo‘laklari joylangan 150 kilogrammli nimcha, ikki AK-47 Kalashnikov avtomatlari, bombalarni faollashtiruvchi 19 uyali telefon va 21 raqamli soat, qurol-yarog‘lar tortib olingan. 
 
Gaziantep, Turkiyaning janubi-sharqidagi eng katta shahar sifatida IShID terrorchilari faol bo‘lgan shaharlardan biri. 

Mavzuga oid
Top