12:59 / 09.02.2017
57910

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev Hindistonda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev olamdan o‘tdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi Karimberdi Turamurod xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, marhum Hindistonga davolanish uchun jo‘nab ketgan va o‘sha yerda olamdan o‘tgan.

Marhumning dafn marosimi 11 fevral kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu samarqandlik san'atkor «Qo‘shni qiz», «Lalalalaychi keldi» qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Mavzuga oid
Top