09:38 / 10.02.2017
7567

Germaniya jamg‘arma kassalari fondi hamkorligida O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda

2017 yil 30 yanvaridan 3 fevraliga qadar Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trenerlar uchun 5 kunlik trening o‘tkazildi. Bu haqda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilingan.

Mazkur tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) «O‘zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash» Dasturi doirasida Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalar fondi tomonidan moliyaviy savodxonlik mavzusida o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir guruh o‘qituvchi va ilmiy xodimlari ishtirok etib, ular moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglarni interfaol uslubda o‘tkazish metodikasi, shu jumladan, interfaol o‘quv o‘yinlar bilan tanishib, amaliyotda sinab ko‘rishdi.

Kelgusida mazkur trenerlar kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘qituvchilarini moliyaviy savodxonlik kurslarini o‘tish bo‘yicha tayyorlashlari ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuga oid
Top