12:40 / 10.02.2017
8500

Xitoyning eksport va importi yanvar oyida qanchaga o‘sdi?

Xitoy eksporti yanvar oyida 2016 yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,9 foizga, importi esa – 16,7 foizga o‘sdi. Bu tahlilchilarning taxminidan ham yaxshiroq natija, deyilgan Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma'lumotlarida.

Xitoy eksporti yanvar yakuniga ko‘ra 182,76 milliard, importi esa – 131,41 milliard dollarni tashkil etdi. 

Mamlakat eksporti 2016 yil yakunlariga ko‘ra 7,7 foizga qisqarib, 2,097 trillion dollarga teng bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, 2016 yilda import hajmi 5,5 foizga qisqarib, 1,587 trillion dollarni tashkil etdi.

Xitoy tashqi savdosining umumiy hajmi yanvarda 11,4 foizga o‘sib, 314,16 milliard dollarga teng bo‘ldi. Xitoy savdo nisbatida ijobiy saldo 51,35 milliard dollarni tashkil qildi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra savdo nisbatining ijobiy saldosi esa 509,9 milliar dollarga teng bo‘lgan.

Xitoyda yanvar oyida xom neft importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,5 foizga ortdi.

Bojxona boshqarmasiga ko‘ra, Xitoy 2017 yilning yanvarida 34,03 million tonna xom neft import qilgan. 2016 yilning dekabrida bu ko‘rsatkich 36,38 million tonnani tashkil etdi.

Xitoyga xom neft importi 2016 yil yakunlari bo‘yicha 13,6 foizga o‘sib, 381 million tonnaga teng bo‘ldi.

Top