20:16 / 10.02.2017
11198

«MYu» futbolchisini ilib ketmoqchi bo‘layotgan «Real»ga qarshi keskin choralar ko‘rmoqchi

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa darvozaboni David de Xeaning klubda uzoqroq muddat to‘p surishini istamoqda. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, rahbariyat «Real» tomonidan bo‘ladigan istalgan ko‘rinishdagi takliflar yo‘lini yopib qo‘ymoqchi va darvozabonni sotmasligini bildirish niyatida. Futbolchining o‘zi ham so‘nggi intervyularining birida «Manchester Yunayted»da baxtli ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, De Xea yana qiziqish bildirayotgan «Real» uning uchun 65 mln. yevro miqdorida mablag‘ to‘lamoqchi ekanini bildirgandi.

Ispaniyalik darvozabonning manchesterliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozidi nihoyasiga yetadi. Kelishuvda darvozabon shartnomani istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin bo‘lgan tovon puli ko‘rsatilmagan.

Mavzuga oid
Top