14:28 / 10.02.2017
16610

Navoiy viloyatida Alisher Navoiy tavallud topgan sana ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab o‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining qutlug‘ 576 yilligi cheksiz ehtirom bilan keng nishonlanmoqda.

Ulug‘ mutafakkir nomi bilan ataluvchi Navoiy viloyatida ham 9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Dastlab keng jamoatchilik vakillari, navoiyshunos olimlar, korxona, tashkilot, muassasa jamoalari hamda yoshlar tomonidan viloyat markazidagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida qad rostlagan ulug‘ alloma haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, shoir dahosiga munosib ehtirom ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat hokimligining Axborot xizmat xabar bermoqda. 

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Farhod” madaniyat saroyida tashkil etilgan viloyat bayram tadbirida yangragan kuy-qo‘shiqlar, namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Tadbirda viloyat hokimi, senator K.Tursunov ishtirok etdi va barchani qutlug‘ sana bilan tabrikladi. 

Top