17:04 / 10.02.2017
4793

Nyu-Yorkda parvozga tayyorlanayotgan samolyotda yong‘in chiqdi

Nyu-York shahridagi Jon Kennedi nomidagi aeroportda parvozga chog‘langan yo‘lovchi samolyotida dvigatelda muammo chiqib, yong‘in boshlandi. Bu haqda aeroportdagi manbasiga asoslangan holda New York Post xabar tarqatdi.

Ushbu yong‘in Argentina poytaxti Buenos-Ayresga yo‘l olgan Argentina Airlines aviakompaniyasi reysi qoldirilishiga olib keldi. Reys ekipaji yong‘in boshlanishi bilanoq evakuatsiya qilingan, bu vaqtda yo‘lovchilar bortga chiqmagandi.

Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot yo‘q. Yong‘inning aniq sababi keltirilmadi.

Mavzuga oid
Top