00:08 / 11.02.2017
6474

AQShda 745 ta marafon ishtirokchisi 97 yoshida vafot etdi

745 ta marafonda ishtirok etgan amerikalik Don Maknelli 97 yoshida vafot etdi, deb ma'lum qildi Feyrport shahridagi (Nyu-York shtati) dafn uylaridan biri xodimiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Maknellining ilk marafoni 1969 yildagi Boston marafoni bo‘lgan. Keyinchalik u AQShning barcha shtatlari, Kanadaning barcha viloyatlari va hattoki Antarktida uyushtirilgan bunday marafonlarda ishtirok etgan.

U, shuningdek, Panamaning butun hududi bo‘ylab yugurishda, AQShning butun hududi bo‘ylab estafetada va Nyu-Yorkdagi Empire State Building osmono‘par binosining eng yuqori – 103-qavatiga yugurishda ishtirok etgan.

Maknelli 2006 yilda 86 yoshida 744-marafonini yugurib o‘tgan. Biroq u 2010 yilda 90 yoshida esa 745-marafonida yugurishga chiqib, keyin uni barvaqt tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

Top