10:17 / 11.02.2017
6043

London aeroportida terakt sodir etishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Londonning Gatvik aeroportida terakt sodir etishni rejalashtirgan shaxs shahar politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Evening Standard xabar berdi.

Terrorchilik bilan kurash bo‘linmasi xodimlari terrorchilik bilan kurash haqidagi qonunning yettinchi moddasi asosida 44 yoshli Xartfordshirlik erkakni qo‘lga olishdi. U Iroqqa parvoz qilishga tayyorlanayotgan samolyotdan olib chiqib ketilgan.

Ta'kidlanishicha, so‘roq yakuniga ko‘ra, erkak terrorchilik hujumini rejalashtirishda gumon qilinib, hibsga olish haqida qaror qabul qilingan.

44 yoshli gumonlanuvchi London politsiyasining markaziy bo‘linmasiga yetkazildi.

Ma'lumot uchun, Londonning Xitrou aeroportida yanvar oyida Qohiradan uchib kelgan 50 yoshli erkak terrorchilik faoliyatida gumon qilinib, qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid
Top