11:20 / 11.02.2017
6216

Moviy Yupiterning yangi suratlari chop etildi

Yupiterning "Juno" (Yunona) kosmik apparati tomonidan olingan yangi suratlari uning janubiy va shimoliy qutblaridagi atmosferani batafsil ko‘rishga yordam beradi.  

Kosmik apparat to‘xtovsiz ishlashda davom etmoqda va NASA mutaxassislariga sayyoraning qutblari suratlarini jo‘natdi. Suratlardan ko‘rinishicha, sayyoraning qutblari moviyroq rangga ega ekan. 

Ushbu suratlar 2 fevralda Yupiterdagi bulutlarning yuqori qatlamidan 102 ming km yuqoridan olingan. Atmosferaning bu qismida ulkan sayyora o‘lchamlariga ko‘ra kichik bo‘lgan bo‘ronlar ko‘plab yuz beradi. Ehtimol, aynan shu sababli u moviy rangga ega bo‘lishi mumkin.

Yana bir suratda sayyoraning janubiy qismi tasvirlangan. Bu qismda ham to‘fonlar va bo‘ronlar yuz beradi, biroq ular bu yerda barqarorroq va bir necha yillar davom etadi. Taxminlardan biriga ko‘ra, to‘fon atmosferaning yuqori chegarasi bilan bir xil balandlikda bo‘lsa, uning rangi oq bo‘ladi. Biroq uning kuchi ortsa, u bulutlar qatlamidan yuqoriroqqa ko‘tariladi va bu yerda Quyoshning ultrabinafsha nurlanishi uning tarkibini kimyoviy o‘zgartirib, unga qizg‘ish rang beradi. Sayyoraning bu qismida hamma to‘fonlar oq rangda bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top