22:48 / 11.02.2017
14262

Sardor Rashidovning dubli «Al-Jaish»ga g‘alaba keltirdi

Qatar Yulduzlar ligasida 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Al-Jaish» autsayderlardan biri «Al-Shahaniya» mehmoni bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan ikkita gol mehmonlarga g‘alaba keltirdi.

Uchrashuvda Sardor Rashidov 90 daqiqa harakat qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda u boshqa futbolchiga almashtirildi.

Ushbu g‘alabadan keyin  «Al-Jaish» hisobidagi ochkolar soni 39taga yetdi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 

Qatar Yulduzlar Ligasi. 20-tur
«Al-Shahaniya» — «Al-Jaish» 1:2 (0:
1)
Gollar: Fahad Xalfan (69) - Sardor Rashidov (42, 62).

Top