23:27 / 11.02.2017
7923

Saudiya Arabistonida Iroq aviakompaniyasining samolyoti yonib ketdi

Iroqning Iraqi Airways aviakompaniyasining samolyoti Saudiya Arabistonining Jidda shahri yaqinidagi aeroportga qo‘nish vaqtida shassilaridan biri yonib ketdi. Shu sababli 365 ga yaqin yo‘lovchi tezlik bilan samolyotdan evakuatsiya qilingan. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar "rekord qisqa vaqt ichida hech qanday jabrlanganlarsiz" evakuatsiya qilinganlar.  

Voqea samolyot Qirol Abdul-Aziz nomidagi aeroportga qo‘nayotganda yuz bergan. Samolyot ekipaji sardori aeroport vakillarini radio orqali muammo haqida ogohlantirgach, aeroport o‘t o‘chirish brigadasi zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olgan.

 

 

Top