Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi shanba kuni bir sutka davomida IShIDning 43 jangarisini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. Bu Suriya shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti davomida ro‘y bergan.
“Bizning harbiy-havo kuchlarimiz tomonidan berilgan aviazarbalardan so‘ng IShIDning 66 obekti, shu jumladan terrorchilar tomonidan nazorat qilingan 55 bino, ikki shtab, qurol-yarog‘ ombori, ikkita o‘t ochish pozitsiyasi va mobil aloqa stansiyasi yo‘q qilindi. Havo va yer usti amaliyotlari davomida IShIDning 43 jangarisi yo‘q qilindi”, - deyiladi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi bayonotida.
Xabarlarga ko‘ra, turk artilleriyasi va tanklari IShIDning 179 nuqtasiga zarbalar bergan.