21:36 / 12.02.2017
7759

«A seriya». Gollar shousi bu turda ham davom etmoqda

Italiya «A» seriyasining 24-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarning barchasi gollarga boy bo‘ldi.

Bu to‘rtta uchrashuvda jami 18ta gol kiritilganidan ham o‘z isbotini topib turibdi.

«Inter» o‘z uyida «Empoli»ni qabul qilib Ikardi va Perishich kabi yetakchilarsiz harakat qilishiga qaramay, g‘alaba qozondi. «Torino» esa «Peskara»ni qabul qilib avvaliga beshta gol kiritgandi. Keyin jamoa uchta to‘p o‘tkazib yubordi va sal bo‘lmasa, g‘alabani qo‘ldan chiqaray degandi.

«Krotone» «Roma» bilan o‘ynadi. «Etsio Shida» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 17-daqiqasida Djyeko penaltidan unumli foydalana olmadi. Lekin u keyinroq xatosini to‘g‘riladi. Rimliklar har bir bo‘limda bittadan gol urdi. Gollarga Radja Naynggolan va Edin Djyeko mualliflik qildi. «Roma» endilikda 53 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda. «Krotone» 13 ochkosi bilan 19-pog‘onada joylashgan.

Shuningdek bu turda «Kevo» va «Atalanta» ham mehmonda muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritib qaytishdi.

Italiya A seriyasi, 24-tur

Inter – Empoli 2:0 (1:0)
Gollar: Eder (14), Kandreva (54).
Inter: Handanovich, Murilo, Miranda, D`Ambrozio (Ansaldi, 46), Kondogbia, Medel, Joau Mariu, Galyardini, Kandreva, Palasio (Gabriel Barboza, 74), Eder (Pinamonti, 80).
Empoli: Skorupski, Lorini, Dimarko (Barba, 65), Veseli, Chosich, Krunich (Zayts, 76), El-Hoji, El-Qadduri (Telo, 82), Kroche, Makkarone, Puchcharelli.
Ogohlantirishlar: Kondogbia (45) — El-Qadduri (41), Dimarko (49).

Torino – Peskara 5:3 (3:0)
Gollar: Yago Falke (2), Ayyeti (9), Belotti (15, 61, Lyayich (53) – Ayyeti (73, avtogol), Benali (75, 83).
Torino: Hart, Ayyeti, Barreka, de Silvestri, Moretti, Obi (Gustafsson, 45), Lukich (Akkua, 56), Yago Falke, Benassi, Lyayich (Boyye, 80), Belotti.
Peskara: Bissarri, Stendardo (Koda, 46), Biragi, Dzampano, Fornaze, Memushay, Brugman (Bruno, 57), Benali, Verre, Kastanos (Kreshentsi, 27), Kaprari.
Ogohlantirishlar: Lukich (32) — Stendardo (3), Fornaze (24), Koda (90).

Krotone – Roma 0:2 (0:1)
Gollar: Naynggolan (40), Djyeko (77).
Krotone: Kordats, Rozi, Chekkerini, Dyusen (Trotta, 76), Ferrari, Mesba (Sampirizi, 55), Akosti, Kapetstsi, Krisetig, Tonev (Nalini, 81), Falchinelli.
Roma: Shchensni, Manolas, Fasio, Ryudiger, Bruno Peres (Mariu Ruy, 88), Paredes, Strotman, Emerson, Salax (de Rossi, 80), Naynggolan (Perotti, 90), Djyeko.

Sassuolo – Kevo 1:3 (1:1)
Gollar: Matri (24) – Ingleze (39, 56, 67).
Ogohlantirishlar: Daynelli (36), Gobbi (45), Gakpe (90, barchasi Kevo).
Chetlatish: Letsxert (3, Sassuolo).

Palermo – Atalanta 1:3 (1:2)
Gollar: Chochev (41) – Konti (19), Gomes (26), Kristante (78).
Ogohlantirishlar: Rispoli (11), Gonsales (23), Goldaniga (73) — Froyler (72).

Top