Angliya premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Liverpul» o‘z uyida «Tottenhem»ni qabul qildi.
Sadio Mane tomonidan ikki daqiqa ichida kiritilgan gollar Yurgen Klopp jamoasiga 2016 yilning 31 dekabridan buyon premer-ligadagi ilk g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 49taga yetdi va ular 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Tottenhem» esa 50 ochko to‘plagan va «Arsenal» bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
APL, 25-tur
Liverpul – Tottenxem 2:0 (2:0)
Gollar: Mane (16, 18).
Liverpul: Minole, Milner, Matip, Klayn, Koutino (Jan, 77), Lallana, Firmino, Veynaldum, Mane (Aleksander-Arnold, 90), Leyva (Klavan, 82), Xenderson.
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Eriksen (Uinks, 68), Vanyama, Dembele (Sissoko, 77), Dayyer, Alli, Song Xyong Min (Yanssen, 82), Keyn.
Ogohlantirishlar: Song Xyong Min (28), Xenderson (53), Matip (56), Keyn (67), Milner (68), Uinks (71), Dayyer (78), Alderveyreld (83)