23:04 / 12.02.2017
13089

Avstriyalik ijaraga olgan uyda topib olgan 270 ming yevroni politsiyaga topshirdi

Foto: Russell Boyce / Reuters

Avstriyaning Grats shahri fuqarosi ijaraga olgan uyning yerto‘lasida 269,5 ming yevro  topib oldi va bu topilma haqida zudlik bilan politsiyaga xabar berdi, deb ma'lum qildi Kronen Zeitung nashri.

Ma'lum qilinishicha, 42 yoshli erkak yangi uyga joriy yilning boshida ko‘chib o‘tgan. U uy yerto‘lasini tozalayotganda u yerdan 500 yevrolik banknotalar pachkasi joylashtirilgan karton quti topib olgan. Vijdonli fuqaro pullar jinoyat bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilib, o‘ylab o‘tirmay ham politsiyaga murojaat qilgan.

Politsiyada shunday murojaat bo‘lgani tasdiqlandi, biroq boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid
Top