11:47 / 12.02.2017
45809

Bishkekda tez yordam mashinasi qayerga shoshilgani ma'lum bo‘ldi

Bishkekda xususiy tez yordam mashinasi maxsus signallardan foydalanib, tandir somsa tayyorlaydigan joyga shoshilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida Facebook'dagi "Qora ro‘yxat" ("Chyornyy spisok") guruhi a'zosi Ilya Balinov xabar berdi

"Bugun bir soat oldin Nekrasov ko‘chasi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda ketayotgandim, Moskovskiy ko‘chasidan boshlab tirbandlik yuzaga kelgandi. Birdan sirena ovozi eshitildi va oynadan qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan tez yordam mashinasini ko‘rdim. Unga hech kim halaqit bermadi, hamma o‘tkazib yubordi. Keyin Tolstoy va Nekrasov ko‘chalari kesishgan chorrahada u svetoforning qizil chirog‘ida signallarini yoqqancha o‘tib ketdi", - deb yozadi foydalanuvchi.

"Chorrahadan shoshilib o‘tgan tez yordam mashinasi qahvaxonaning yonida tandir somsa xarid qilish uchun to‘xtadi, so‘ng xuddi shunday signallarini yoqqancha ortga qayirilib ketishdi", - deya qo‘shimcha qiladi Ilya Balinov. 

Uning fikricha, bunday holatlardan keyin haydovchilarning tez yordam mashinalarini o‘tkazib yubormasligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, transport vositasi "Ayu-Medikal" xususiy tibbiy markaziga tegishli bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top