23:20 / 12.02.2017
52419

«Lukoyl» O‘zbekistondagi ilk AYoQShi haqida ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi

«Lukoyl» kompaniyasi Toshkentda, sobiq Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi yaqinida ochiladigan ilk AYoQShi (avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi) haqida ba'zi ma'lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar bermoqda

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bu AYoQShda yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi, EURO-5 standartiga muvofiq keluvchi AI-92, AI-95 benzinlari sotiladi.

AYoQShda yonilg‘i quyishdan tashqari, g‘ildiraklarga dam urish, mashina ichini changyutgichda tozalash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. AYoQSh yonida qulay avtoturargoh va minimarket joylashadi. Bu do‘konda mijozlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, kompaniya ishlab chiqargan moy, avtokimyo vositalari, avtoaksessuarlar va boshqa tovarlar taklif qilinadi.

AYoQShda yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shimcha qulayliklar ichida shinam kafe, «mobil qurilmalarni» xizmati ham bo‘ladi. Bu yerda imkoniyati cheklangan odamlarga ham maxsus sharoitlar muhayyo qilinadi. Bundan tashqari, AYoQSh bepul Wi-Fi internet tarmog‘i va mijozlar foydalanishi mumkin bo‘ladigan ikkita planshet bilan jihozlanadi. 

AYoQSh kunbo‘yi ishlashi rejalashtirilmoqda. Xizmatlar uchun to‘lov ham terminal orqali, ham naqd pul bilan amalga oshiriladi. Kompaniya AYoQSh ochilishi va narxlar haqidagi ma'lumotlarni biroz kutib turishni va turli mish-mishlar tarqatmaslikni iltimos qilgan.

«Lukoyl»Benzin narxlari va AYoQShning ochilishi haqida yaqin kunlarda xabardor bo‘lasiz», deyilgan kompaniyada. 

Mavzuga oid
Top