16:58 / 12.02.2017
6378

«Men hali bunga tayyor emasman». Venger ketishi haqidagi taxminlar haqida

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger klubning sobiq futbolchi Ian Raytning o‘zi haqida bildirgan taxminlariga munosabat bildirib o‘tdi. Rayt 67 yoshli ushbu mutaxassis mavsum yakunida jamoadan ketmoqchiligi haqida aytib o‘tgandi.

«Biz birgalikda kechki ovqat qildik, lekin faqat ikkimiz emasdik. Rayt mening dam olishimni istayotganini qadrlayman, lekin men hali bunga tayyor emasman. Ehtimol o‘sha kuni juda erta uyg‘onganim uchun kun oxiriga borib toliqqan ko‘ringandirman.

Hozir men faqat ishim haqida o‘ylayapman: jamoani o‘yinlarga tayyorlash va o‘yinlarda g‘alaba qozonish.

Bu mamlakatni va bu klubni juda ham hurmat qilaman, bu yerda 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelayotganim uchun minnatdorchilik bildiraman. Mening ishim muxlislarimizni xursand qilish, qachonki bunday bo‘lmay qolsa, o‘zimni aybdor sezaman. Shuning uchun biz g‘alabalar qilishimiz kerak», – deya Vengerning so‘zlarini keltirgan BBC.

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Venger haqida sensatsion bayonot bilan chiqish qildi

 Venger barchani hayron qoldirmoqchi

Top