10:05 / 12.02.2017
29126

Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv olindi

8 fevral kuni vafot etgan o‘zbekistonlik ustoz suxandon Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv “Mening yurtim” telekanalida namoyish etiladi. Bu haqida marhumaning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook’dagi o‘z sahifasida xabar bergan.

“Ko‘rsatuvda eng samimiy, yurakdagi so‘zlar aytildi. Kimlar bilib-bilmagan fazilatu xislatlari ochildi”, deyiladi xabarda. 

Ma'lumotga ko‘ra, ko‘rsatuv 12-13 fevral kuni kechki payt efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz: millionlarning sevimli suxandoni, sermahsul jurnalist, bag‘ri keng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni vafot etdi.

Mavzuga oid
Top