19:27 / 12.02.2017
15588

OAV: Polsha Rossiyaga qarshi Germaniya bilan do‘stlashmoqchi

Foto: Reuters

«Huquq va adolat» partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy «Polshaga tahdid Germaniyadan emas, sharqdan kelishi»ni anglaydi va Berlin bilan siyosiy jihatdan yaqinlashishni istaydi. Bu haqda Deutschlandfunk nashri yozib chiqdi.

Nashrda qayd etilishicha, Polsha «Ukrainadagi harbiy harakatlar ortidan Germaniyaning qo‘lllab-quvvatloviga ega bo‘lishni istaydi». Shuningdek, maqolada AQShning yangi prezidenti Donald Tramp yuritayotgan siyosat NATO «rus agressiyasi»ning tahdididan kafolat bo‘lmasligiga olib kelishi yozilgan.

Yaroslav Kachinskiy Germaniya kansleri Angela Merkelni uning Varshavaga rasmiy tashrifi chog‘ida «qalin do‘sti» kabi kutib olgan.  Deutschlandfunk jurnalisti Sabina Adlerning yozishicha, holbuki, u yaqin vaqtga qadar ushbu siyosatchining asosiy siyosiy raqibi va tanqidchisi sifatida chiqishlar qilar edi. 

«Polshalik siyosatchi angladiki, Polsha uchun xavf Germaniyadan emas, sharqdan keladi», — degan muallif.

O‘z navbatida, Berlin «Polshaning himoyaga muhtojligi»ni yaxshi biladi, lekin Germaniya hukumatida bu fikr ma'qullanmaydi. Masalan, sobiq tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer NATOning Polshadagi mashg‘ulotlarini «qurollarni quruq jaranglatish» sifatida baholagandi.

«Hozirda Kachinskiy Germaniyaga dushman sifatida emas, ittifoqchi sifatida qaramoqda, bu davlat yordamida Polsha xavfsizligi ta'minlanishi mumkin. Polyaklar AQShga umid qilishmayapti, Donald Tramp «NATO eskirgani» va Amerika bu tashkilotni qo‘llamasligini ma'lum qilgan. Varshava Trampning bunday pozitsiyasidan tashvishga tushgan, axir Polsha «natsistlarning hujumidan keyin «SSSR hujumiga ham yo‘liqqandi», deya yozadi Adler.
 
«Ukrainadagi urush Polsha va Boltiq bo‘yi davlatlari uchun «Rossiyaning harakatlarini oldindan bilib bo‘lmasligi va bu davlat o‘z qo‘shnilariga hujum qilishdan qaytmasligigni ko‘rsatdi. Polshada va Boltiqbo‘yidagilar endi o‘z xavfsizligini o‘zi ta'minlashi zarurligini anglashdi», — deyilgan Deutschlandfunk maqolasida.

Mavzuga oid
Top