08:51 / 12.02.2017
10427

«Real» autsayderni qiyinchilik bilan yengdi

Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» jamoasi mehmoni bo‘ldi va g‘alaba qozondi. 

Birinchi bo‘limda Ronalduning zarbasidan keyin hisob ochilgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar vakili Serxio Leon hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘limda Isko va Lukas Vaskesning gollari o‘yin taqdirini hal qildi - 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin Zidan shogirdlari ochkolari soni 49taga yetdi va jamoa jadvalda yana peshqadamga aylandi.

Madridliklar «Barselona»ni 1 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda, ammo zaxirada yana ikkita o‘yin bor. «Osasuna» esa 10 ochkosi bilan turnir jadvalining oxirgi pog‘onasida. 

Ispaniya chempionati, 22-tur
Osasuna – Real 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 24 Ronaldu, 1:1 – 33 Leon, 1:2 – 62 Isko, 1:3 – 90 Vaskes. 
Osasuna – Sirigu, Bonnin (Garsiya Subiriya, 15), Sanxurxo, Vuyadinovich, Fuentes (Klerk, 53), Romero, Tensa (Loe, 61), Chaushich, Berenger, River, Leon.
Real Madrid – Navas, Danilo (Xames, 57), Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Isko (Kovachich, 88), Benzema (Vaskes, 72), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Fuentes (10), Modrich (28), Tensa (37), Xames (61), Chaushich (90).

Top