08:32 / 12.02.2017
12946

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi vakiliga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda

Raketa mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55) uchirilgan. 

Janubiy Koreya tomonining aytishicha, raketa Shimoliy Koreyaning Pxyonan-Pukto viloyatidan uchirilgan. Raketa 500 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.

"Harbiylar bu raketa o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "Musudan" yoki kichik masofalarga mo‘ljallangan "Nodon" turidagi raketalardan qaysi biri bo‘lganini aniqlashmoqda", deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, "Musudan" raketasining taxminiy uchish uzoqligi 3 ming km ni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top