14:30 / 12.02.2017
15119

Tramp tanqid ostida qolgan qizi bilan faxrlanishi haqida aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp qizi Ivanka Tramp ayni kunlarda OAV tomonidan tanqidga uchrayotgan bo‘lsada, u bilan faxrlanishini aytdi. U bu haqda tvitterida yozgan.

«Men o‘z qizim Ivanka bilan faxrlanaman. Haqoratlangani va OAV tomonidan tanqidga uchraganiga qaramasdan u boshini baland tutib, yo‘lida davom etmoqda. Bu darhaqiqat ajoyib!» — deb yozdi u.

Bundan oldinroq savdo tarmoqlari Ivankaning Ivanka Trump markasidagi kiyim-kechaklarni sotishdan bosh tortishi bilan bog‘liq shov-shuvlar avj olgandi.

Ma'lumot uchun, AQShda ommabop bo‘lgan Nordstrom univermaglar tarmog‘i Ivanka Tramp firmasining kiyim-kechaklarini sotib olishdan bosh tortgan va o‘z qarorini brendning yaxshi sotilmasligi bilan izohlagandi.

Ivanka Trump brendidagi kiyim-kechaklarni sotishni to‘xtatishi haqida Neiman Marcus, Belk, Jet, ShopStyle va boshqa qator savdo tarmoqlari ham e'lon qilgan.

Brend mahsulotlari sotuvi mojaro fonida yanvar oyida 26 foizga kamaydi.

“Ularda non yo‘q bo‘lsa, tort yeyishsin”: Ivanka Trampning 5 ming dollarlik libosini qochqinlar egnidagi kiyim bilan solishtirishdi

Amerikaning yirik do‘konlar tarmog‘i Ivanka Tramp brendidan voz kechdi

Top