11:39 / 13.02.2017
7127

«Atletiko» o‘yin davomida 2 bor ortda borib, yakunda g‘alabani ilib ketdi

«Atletiko» klubi Ispaniya primerasining 22-turi doirasida «Selta» ustidan g‘alaba qozondi. Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida kechgan bellashuv 3:2 hisobida yakuniga yetdi.

Mezbonlar tarkibida Fernando Torres, Yannik Ferreyra-Karrasko va Antuan Grizmann to‘p kiritishgan bo‘lsa, mehmonlar safida Gustavo Kabral va Yon Gvidetti o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Endilikda «Atletiko» 42 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi. «Selta» esa 30 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.

Atletiko – Selta 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Kabral, 1:1 – 11 Torres, 1:2 – 78 Gvidetti, 2:2 – 86 Ferreyra Karrasko, 3:2 – 88 Grizmann.
Atletiko – Moyya, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Xuanfran (Vrsalko, 46), Savich, Saul (Korrea, 72), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko, Grizmann, Torres (Gameyro, 76).
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Ernandes, Radoya, Xosabed (Vass, 64), Sisto (Bongonda, 70), Aspas (Dias, 85), Gvidetti.
Ogohlantirishlar: Gvidetti (42), Kastro (74), Gabi (90).

Mavzuga oid
Top