07:17 / 13.02.2017
7889

«Barselona»ga Vidalga o‘rinbosar futbolchi sotib olish uchun ruxsat berildi

«Barselona» himoyachisi Aleish Vidal mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi. Shu tufayli La Liga bu jamoaga imtiyoz berdi.

Marca xabariga ko‘ra, «Barselona»ga Ispaniya chempionatidan yoki hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchini safiga qo‘shib olishga ruxsat berilgan. Bu katalonlar jamoasiga borib qo‘shilishi haqida xabarlar tarqalgan «Shaxtyor» futbolchisi Dario Srnaga taalluqli bo‘lmaydi.

Aleish Vidal Ispaniya chempionatining 22-turida «Alaves»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida og‘ir jarohat oldi va kamida 5 oy muddat futbol o‘ynay olmaydigan bo‘ldi.

Top