20:28 / 13.02.2017
6275

Xitoyda yuk mashinasi maktab oldidagi odamlar ustiga qarab yurdi

Foto: Global Look press

Xitoyda cherepitsalar yuklangan yuk mashinasi maktab oldida to‘planib turgan odamlar ustiga yurib bordi. "Jenmin jibao" xabariga ko‘ra, Anxo‘y viloyati hududida sodir bo‘lgan ushbu hodisa oqibatida 1 bola halok bo‘lib, 100 kishi jarohatlangan.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, hodisa Xefey shahar okrugi tarkibidagi Lutszyan uyezdidagi maktablardan biri oldida ro‘y bergan. Yuk mashinasi piyodalar ustiga yurib, ko‘plab elektroskuterlarni majaqlab o‘tgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan bola -  8 yoshli qizaloq ekani ma'lum bo‘lgan. Hodisa tufayli jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Uning aytishicha, transport vositasida tormoz ishlamay qolgandi.

Mavzuga oid
Top