20:51 / 13.02.2017
4862

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ining bozor narxi Twitter’nikidan oshib ketdi

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i kapitallashuvi (bozor narxi) uning muqobili Twitter‘nikidan oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Xitoy mikrobloglar xizmati yaratilayotganda aynan Twitter’dan andoza olingan. 

Xitoy ijtimoiy tarmog‘ining bozor narxi 11,3 mlrd dollargacha yetdi. Twitter’ning narxi esa moliyaviy hisobot chop etgandan keyin 11,1 mlrd dollargacha kamaygan.

Weibo xizmati 2009 yilda Twitter muqobili sifatida yaratilgan. Kompaniya o‘z aksiyalarini ilk marotaba 2014 yilda sotuvga chiqargan.

Mavzuga oid
Top