22:05 / 13.02.2017
35976

Moskva bosh ravvini musulmonlardan uzr so‘radi (video)

Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘z instagramida yangi video taqdim etdi. Unda Yevropa ravvinlar kengashi raisi va Moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt musulmonlardan uzr so‘ragani aks etgan. Gap shundaki, u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida dunyodagi terrorchilarning 99 foizi Muhammad diniga mansub ekanini aytgan. 

Goldshmidtning izohlashicha, uning so‘zlari "Trampning AQShga musulmonlarning kirishini taqiqlovchi yangi farmoni konteksti"da aytilgan. U umumiylashtirishni jamiyatning eng asosiy muammolaridan biri deb hisoblab, "radikal va haqiqiy Islomni farqlash"ga chaqirgan. Ravvin o‘z fikrini bildirishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini tan olib, so‘zlari ranjitishi mumkin bo‘lgan mo‘minlardan uzr so‘ragan. 

Bundan avval Rossiya musulmonlar ma'naviy kengashi muftiysi va Federal jamoatchilik palatasi a'zosi Albir Krganov ham Goldshmidtdan uzr so‘rashni talab qilgan. Islam news axborot agentligiga bergan izohida u ravvinning so‘zlarini hissiy bayonot, aqlsizlik va  mo‘minlarni haqorat qilish deb hisoblashini aytgan.  

Goldshmidtning uzr so‘ragan videosini taqdim etgan Qodirov "OAV ko‘pincha suhbat mohiyatini buzib, siyosatchi va diniy arbobni keskin bayonotlar bildirishga majbur qilishi va ikkinchi darajali narsalarni oldingi planga olib chiqishini" ta'kidlagan. 

Mavzuga oid
Top