22:57 / 13.02.2017
5424

Saudiya Arabistoni, Iroq va BAA yanvarda neft qazib olishni OPeKning boshqa a'zolariga qaraganda ko‘proq kamaytirdi

Foto: Getty Images

Neft qazib olishni yanada qisqartirishda ishtirok etayotgan OPeK davlatlari 2017 yilning yanvar oyida umumiy hisobda kuniga mahsulot qazib olish hajmini o‘rtacha 1,08 million barreldan (o‘tgan yilning oktabridagi ko‘rsatkichga nisbatan), umumiy hisobda 32,14 million barrelga kamaytirishdi. Bu haqda OPeKning oylik hisobotida keltirilgan.

"Boshqa bir manba ma'lumotiga ko‘ra, OPeKda kunlik neft qazib olish hajmi yanvar oyida o‘tgan oydagiga taqqoslaganda 890 ming barrelga kamaygan. Qazib olish hajmini kamaytirish Saudiya Arabistoni, Iroq va BAAda sezilarli darajada bo‘lgan, bu vaqtda Nigeriya, Liviya va Eronda aksincha holat kuzatilgan", deyilgan hisobotda.

OPeK ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilning oktabrida kartel mamlakatlari qazib olgan neft hajmi 33,64 mln barrelni tashkil qilgandi (Indoneziyani hisoblamaganda, bu davlat o‘tgan yil noyabrida OPeK a'zoligidan chiqdi).

OPeK 2016 yilning 30 noyabr kuni qazib olish hajmini bir kunga 1,2 million barrelga – 32,5 million barrelgacha kamaytirish haqida kelishuvga erishgandi. Tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar 10 dekabr kuni o‘zlarining qazib olish hajmlarini umumiy hisobda kuniga 558 ming barrelga qisqartirish haqidagi bitimga erishdi. 

Bundan maqsad jahon bozorida neft narxini barqaror ushlab turish hisoblanadi.

Hisobotga ko‘ra, kelishuvga Saudiya Arabistoni, Iroq va BAA to‘liq amal qilgan. Kartelning bu kelishuvga amal qilish ko‘rsatkichi esa boshqa davlatlar hisobiga 90 foizni ko‘rsatmoqda.

Top