09:47 / 13.02.2017
8902

Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi

Shimoliy Koreya hukumati ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In "yer-yer" turidagi o‘rta masofalarga mo‘ljallangan Pukguksong-2 raketasining sinovida shaxsan o‘zi ishtirok etgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top