22:12 / 14.02.2017
10389

AQShning sharqiy qirg‘og‘i yaqinida rossiyaliklar harbiy kemasini payqashdi

Rossiyaning «Viktor Leonov» harbiy kemasi AQShning sharqiy qirg‘og‘ida kezib yurganida payqashgan. Bu haqda amerikalik amaldorlarga asoslangan holda Fox News telekanali xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, Rossiya harbiy-dengiz flotining razvedka ishlarini amalga oshiruvchi «Viktor Leonov» kemasi AQShda Donald Tramp prezidentlik boshlaganidan buyon bu mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida suza boshlagan.

Ushbu kema «yer-havo» tipidagi raketalar majmuasi, gidrolokator, shuningdek, signallarni tutuvchi SIGNIT  tizimi bilan jihozlangan.

Ayni vaqtda harbiy kema xalqaro suvlarda, Delaver shtati qirg‘oqlaridan 70 mil masofada turibdi. Uni amerikaliklar kreyserlari qo‘riqlamayapti.

Oxirgi marta rossiyaliklarning harbiy razvedka kemasi, 2015 yili Kuba va Amerika muzokaralari boshlanishidan bir kun oldin ogohlantirishsiz Havana portiga langar tashlagandi.

Top