07:49 / 14.02.2017
7036

«Barselona» og‘ir jarohat olgan Vidalning o‘rniga nomzod topdi

Italiyaning «Yuventus» klubi sobiq himoyachisi Martin Kaseres faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Barselona» futbolchining xizmatiga qiziqmoqda va yaqin orada bu borada muzokara boshlamoqchi. Aleysh Vidalning jiddiy jarohat olib, 5 oyga safdan chiqishi sabab, «Barselona» 29 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Kaseres 2016 yildan buyon erkin agent maqomida yuribdi. Yanvar oyida u «Milan» va «Beshiktosh» jamoalari bilan muzokaralar olib borgan, ammo tomonlar shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagandi.

Top